Lionel Messi 39 yoshga to'ldi

Bugun, 24 iyun kuni Argentina terma jamoasi va Amerikaning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi 39 yoshga to'ldi.
Argentinalik futbolchiga katta mashhurlikni «Barselona»dagi faoliyati olib kelgan bo'lib, ushbu jamoa tarkibida u Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida g'olib chiqqan, shuningdek, «Oltin to'p» sovrini sohibiga aylangan.
Shu kunlarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionati — 2026da Messi turnir tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Tajribali futbolchi hisobida 18 ta urilgan gol mavjud.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar