"Lion" yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

"Lion" yarim himoyachi Noa Narti bilan shartnoma imzoladi. 20 yoshli daniyalik futbolchi "Brondbyu"dan ko'chib o'tdi.
Narti 2024 yil iyul oyidan beri Daniya jamoasi safida to'p tepib kelayotgan edi. 2025/26 mavsumda u 25 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Brondbyu" bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan edi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi, Frantsiya klubiga o'tish bo'yicha bitim summasi esa 7,5 million evro deb baholanmoqda.