"Lion" Endrikning maoshining qancha qismini to'lashi ma'lum bo'ldi

"Lion" "Real" bilan hujumchi Endrikni ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda ESPN Brasil.
Manbaga ko'ra, frantsuz klubi 19 yoshli braziliyalik futbolchining maoshining 50 foizini - 200 ming evroni qoplab beradi. Qolgan qismini futbolchiga "Real" to'lashda davom etadi.
Bu mavsumda Endrik Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Valensiya"ga (4:0) qarshi o'yinda 11 daqiqa harakat qildi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.