"Lion" bir necha futbolchi transferi bo'yicha "Manchester Siti" bilan bog'landi

Frantsiyaning "Lion" klubi "Manchester Siti"ning ikki futbolchisini nishonga oldi. Gap markaziy yarim himoyachilar Kelvin Fillips va Niko O'Rayli haqida ketmoqda. Bu haqda Goal xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, frantsuz klubi "shaharliklar" rahbariyati bilan ushbu futbolchilarning qishki transferlar davrida ehtimoliy transferi bo'yicha muloqotga kirishgan.
"Lion" zaxira varianti sifatida "Manchester Siti"da o'ynayotgan himoyachi Josh Uilson-Esbrandni ko'rmoqda.
Frantsiya chempionatining 3 turidan so'ng "Lion" 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda.