“Lion” Aspilikueta bilan muzokara o'tkzmoqda

Sezar Aspilikueta faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
RMC Sport xabariga ko'ra, 36 yoshli himoyachiga “Lion” qiziqish bildirmoqda.
Tomonlar hozircha transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Frantsuz klubi Aspilikuetaning tajribasiga ishonmoqda.
Ma'lumot uchun, Sezar allaqachon Frantsiyada “Marsel” safida o'ynagan. Keyinchalik “Chelsi”ga o'tdi. Londondagi faoliyatini yakunlab, “Atletiko”ga yo'l olgandi.