«Lion» afsonasi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purar vafot etdi

«Lion» klubi sobiq hujumchisi va jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar Fleri Di Nallo 83 yoshida vafot etdi.
Frantsiyalik afsonaviy futbolchi «Lion» safida barcha turnirlarda 494 ta uchrashuvda maydonga tushib, 222 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Ushbu natija hozirgacha klub tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Jamoa tarkibida Di Nallo uch bor Frantsiya kubogi (1964, 1967, 1973) sohibiga aylangan va bir marta mamlakat Superkubogida (1973) zafar quchgan.
Faoliyati davomida u «Lion»dan tashqari «Red Star» va «Monpele» kabi klublar sharafini ham himoya qilgan. Frantsiya terma jamoasi safida esa 10 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo'ygan.