Lingard top chempionatga yo'l olishi mumkin

Yarim himoyachi Jessi Lingard Janubiy Koreyani tark etib, Evropaga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda. "Seul"ning 33 yoshli futbolchisiga Ispaniya La Ligasida talab bor: Fichajes xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisiga "Sevilya", "Selta" va "Real Ovedo" da'vogarlik qilmoqda. Angliyalik 1 yanvardan erkin agentga aylanadi, shuning uchun uni transfer pulisiz qo'lga kiritish mumkin.
Jessi Lingard "Seul" safida 2024 yilning fevralidan buyon to'p surib kelayotgandi. Futbolchi Janubiy Koreya jamoasi safida 67 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va o'nta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumkor yarim himoyachining hozirgi transfer narxi Transfermarkt talqiniga ko'ra 2,2 mln evroni tashkil qilmoqda.