Lineker: «Liverpul»ga Trent etishmayapti»

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda Britaniya televideniesi eksperti Geri Lineker "Liverpul"ga etishmayotgan futbolchini aytdi.
"Jamoaga Aleksandr-Arnold etishmayapti. Uning "qizillar" hujumiga beradigan hissasini to'ldirib bo'lmayapti. Boshqa bunday ijrochi yo'q. Salohga Trent juda etishmayapti, u bilan juda yaxshi munosabatda bo'lgan. Uning himoyadagi kamchiliklariga ko'z yumish mumkin, chunki u hujumga juda ko'p narsa beradi," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi The Rest Is Football.
Eslatib o'tamiz, Trent Mersisayd klubidan Madridning "Real" klubiga o'tgan edi. 27 yoshli himoyachi bilan shartnoma 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan.