Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Ruben Amorimning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimidan chetlatilishiga munosabat bildirdi.

"Menimcha, bu voqeaga uning o'zi aybdor. Ruben mos kelmasdi, lekin u uslubi borasida o'jar edi. O'yinchilar uning uslubiga mos kelmasdi va klub buni tushunishi kerak edi.

Menimcha, u ma'lum pozitsiyalarga o'zi xohlagan o'yinchilar olib kelinmagani uchun norozi edi", – dedi Lineker.