Lindelyof uchun kurashga A Seriya klubi ham qo'shildi

"Fiorentina" kutilmaganda Viktor Lindelyof uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Florentsiya klubi "Manchester Yunayted"da to'p tepgan shvetsiyalik himoyachi atrofidagilar bilan muzokara boshladi.
Shu bilan birga, Lindelyofda APLdan yana ikkita taklif bor.
Yakuniy qaror futbolchining o'zida qoladi. "Fiorentina" kelishuvni tez orada yopishga umid qilmoqda.