Hujum chizig'ini kuchaytirish yo'llarini izlayotgan Frantsiyaning «Lill» klubi bosniyalik futbolchi Xaris Tabakovichga taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.

Hozirda «Xoffenxaym»dan ijaraga olingan va Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilayotgan futbolchi joriy mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. U barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

«Lill» rahbariyati ishonch bildirayotgan ushbu tajribali o'yinchi Italiyaga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda gol urib, Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritishiga katta hissa qo'shgan edi. Transfermarkt portali Tabakovichning bozor qiymatini 3 million evroga baholamoqda.

Agar transfer amalga oshsa, 31 yoshli hujumchi jamoadagi kelajagi hali noma'lum bo'lib turgan 39 yoshli Olive Jiruga munosib o'rinbosar bo'lishi mumkin.