Lilian Tyuram "Yuventus"ning "Inter"ga qarshi o'yiniga tashrif buyurdi va o'g'illarining gollarini ko'rdi.

Turin klubi A Seriya 3-turida o'z maydonida 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida "Inter" hujumchisi Markus Tyuram gol urib, hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi.

82-daqiqada "Yuventus" xavbeki Kefren Tyuram muvozanatni tiklagan bo'lsa, 91-daqiqada Vasiliy Ajich g'alaba golini urdi.

Lilian Tyuram o'g'illarining gollarini tribunadan kuzatib turdi. Ikkala gol ham bosh bilan urildi.