«PSJ» o'z maydonida Frantsiya Ligi 1 musobaqasining 26-turi doirasida «Nant» jamoasini qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Parijliklar tarkibida Xvicha Kvaratsxeliya dubl qayd etdi. Xvicha 13-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, 50-daqiqada o'yindan gol urdi. Yana bir gol 37-daqiqada Dezire Due hisobiga yozildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «PSJ» 66 ochko bilan Liga 1 jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Nant» esa 20 ochko bilan turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.

Frantsiya 1-ligasi. 26-tur

22.04.2026 | 22:00 «Park de Prens», Parij

PSJ — «NANT» — 3:0

Gollar: Xvicha Kvaratsxeliya 13’ — penalti (1:0), Dezire Due 37’ (2:0), Xvicha Kvaratsxeliya 50’ (3:0).

PSJ: Matvey Safonov, Markinos, Ilya Zabarniiy, Uorren Zair-Emeri (Lyuka Ernandez, 60), Ashraf Hakimiy (Fabian Ruis, 60), Lukas Beraldo, Fernandes, Joau Nevesh (Seni Mayulu, 60), Xvicha Kvaratsxeliya (Bredli Barkolya, 65), Dezire Due, Usmon Dembele (Ibrahim Mbay, 65).

«Nant»: Antoni Lopesh, Yussif, Kozza, Gilber, Machado, Akapande (Chidozi Avazem, 79), Mussa Sissoko, Leru (Assumani, 65), Lepeno (Deuff, 73), Mattis Ablen (Yussef El-Arabi, 80), Mustafo Muhammad (Ignatius Ganago, 65).

Ogohlantirishlar: Uorren Zair-Emeri (35), Ilya Zabarniiy (41), Gilber (46).