Frantsiya chempionatining 9-turida "PSJ" safarda "Brest"ni tor-mor etdi - 3:0.

Parijliklar safida Ashraf Hakimiy dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir gol Dezire Duening hisobiga yozildi. Ikkinchi bo'limda "Brest" forvardi Romen Del Kastilo penaltidan unumli foydalana olmadi.

"PSJ" ochkolarini 20 taga etkazib, Liga 1 turnir jadvalida birinchi o'ringa qaytdi. Keyingi o'rinda 18 ochkoga ega "Marsel" bugun "Lans" bilan kuch sinashadi.

"Brest" (9) 12-pog'onadan joy olgan.

Liga1. 9-tur
25 oktyabr, shanba, 20:00
Brest - PSJ - 0:3
Gollar: Hakimiy, 29 (0:1). Hakimiy, 39 (0:2). Due, 90+6 (0:3)
Foydalanilmagan penalti: Del Kastilo, 59’
Brest: Maetski, Diaz, Kulibali, Loko (Guindo, 79), Lala, Magnetti (Makalu, 79), Shotar, Del Kastilo (Zogbe, 90+3), Mbup (Tuzar, 67), Dina Ebimbe (Balde, 67), Ayork
PSJ: Shevale, Zabarniiy, Pacho (Markinos, 67), Ernandez, Hakimiy, Vitinya, Li Kan In (Dembele, 67), Zair-Emeri, Barkolya (Ramush, 79), Kvaratsxeliya (Due, 70), Mayulu (Ndjantu, 79)
Ogohlantirishlar: Mbup, 24 - Hakimiy, 8

Manba: www.stadion.uz.