Liga1 peshqadami: Bizga Husanovni bering!

"Manchester Siti" o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bo'yicha ijara taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullaev o'z telegram-kanalida yozdi.
Uning ma'lum qilishicha, "Lans" klubi prezidenti Jozef Mari Ugurlyan "Manchester Siti" prezidentiga qo'ng'iroq qilib Abduqodir Husanovni yarim yilga ijaraga berishni so'ragan.
"Lans" ayni paytda Frantsiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Klub Husanovni "PSJ" bilan raqobatda yordam berishini xohlagandi. Biroq "Siti" tomoni buning iloji yo'qlini ma'lum qilgan.
Hozirda Abduqodir Transfermarkt portalida 35 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 9 ta o'yinda jami 597 daqiqa maydonda harakat qildi.
Manba: https://t.me/PenaltyNarzulla