«Marsel» Frantsiya chempionatining 30-turi doirasida safarda «Loryan» jamoasiga imkoniyatni boy berdi — 0:2.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Panos Katseris hisobni ochgan bo'lsa, 58-daqiqada Bamba Deng mezbonlarning ustunligini mustahkamladi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng «Marsel» 52 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. «Loryan» esa 41 ochko jamg'argan holda to'qqizinchi pog'onadan joy olgan.

26 aprel kuni «Marsel» o'z maydonida «Nitstsa»ni qabul qiladi, «Loryan» esa uyda «Strasbur»ga qarshi bahs olib boradi.

«LOR'YaN» — «MARSEL'» — 2:0

Gollar: Panos Katseris 28 (1:0), Bamba Deng 58 (2:0).

«Loryan»: Mvogo, Adjey, Fay, Meyte, Kadiu, Avom, Yongva, Katseris (Igor Silva, 82), Paji (Sumano, 82), Makengo (Aberjel, 69), Deng (Tosin, 75).

«Marsel»: Ruli, Balerdi, Emerson, Pavar, Abdelli (Nvaneri, 59), Xeyberg (Vermeren, 76), Payshan (Timoti Vea, 46), Traore, Guiri (Nadir, 59), Grinvud, Obameyang (Lamare El-Kadmiri, 76).

Ogohlantirishlar: Pavar (57), Nadir (74), Timoti Vea (90).