"Lans" o'z maydonida Liga 1 16-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Nitstsa"ni mag'lub etdi - 2:0.

Mezbonlar safida gollarni 15- va 57-daqiqalarda hujumchi Odson Eduar kiritdi.

"Lans" ochkolarini 37 taga etkazib, Frantsiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi, "Nitstsa" 17 ochko bilan 13-pog'onada bormoqda.

Lans - Nitstsa - 2:0

Gollar: Eduar, 15 (1:0). Eduar, 57 (2:0)

Lans: Risser, Baydu, Sarr, Ganyu, Sangare, Tomasson (Bulatovich, 90), Yudol, Agilar, Toven (Sotoka, 78), Said (Gilavogi, 78), Eduar (Fofana, 86)

Nitstsa: Diuf, Mendi, Pepra Oppong (Abdi, 70), Bard, Kloss, Vanxutte (Karlos Omoruy, 46), Budaui (Abdul Samed, 70), Sanson (Ndombele, 70), Yansson (Goveya, 70), Sho, Diop

Ogohlantirishlar: Vanxutte, 10. Abdul Samed, 83

Manba: www.stadion.uz.