"Lans" hujumkor yarim himoyachisi Florian Toven Frantsiya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar bermoqda.

O'tgan oyda 32 yoshli vinger Frantsiya chempionatining uchta o'yinida qatnashib, bitta gol urdi.

Bugungi kunga kelib, "Lans" 13 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.

Florian Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi (biri penaltidan) va ikkita sariq kartochka oldi.