Liga 1 to'purarlaridan biri ilk bor Niderlandiya terma jamoasiga chaqirildi

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Strasburg"ning 22 yoshli hujumchisi Emanuel Emegani yaqinlashib kelayotgan o'yinlar qaydnomasiga kiritdi.
Chaqiruvga Vaut Vegxorstning noaniq jismoniy holati sabab bo'lgan - "Ayaks" futbolchisi hali to'liq tayyor emas va uning ishtiroki bo'yicha yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi.
Niderlandiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishga yaqin turibdi: Polsha bilan bo'lajak safar o'yinida g'alaba qozonish yo'llanmani oldindan rasmiylashtirish imkonini beradi. Shundan so'ng "to'q sariqlar" o'z maydonida Litvani qabul qiladi.
Joriy mavsumda Emegxa 8 o'yinda 6 gol va 2 assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.