Frantsiya chempionati 14-turida "Monako" o'z maydonida "PSJ"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin taqdirini 68-daqiqada Takumi Minamino kiritgan yagona gol hal qildi.

Mezbonlar 80-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynashdi. Tilo Kerer qizil kartochka oldi.

Frantsiya chempionati. 14-tur

29 noyabr, 21:00

Monako - PSJ - 1:0

Gol: Minamino, 68 (1:0)

Monako: Gradetski, Kerer, Salisu, Kayyu Enrike, Vanderson (Diatta, 65), Teze, Kamara, Minamino (Pogba, 86), Golovin (Fati, 72), Akliush, Balogun (Bieret, 85)

PSJ: Shevale, Markinos, Pacho, Ernandez, Zair-Emeri, Vitinya, Ruis (Ramush, 83), Joau Nevesh, Kvaratsxeliya (Mbay, 76), Li Kan In (Dembele, 64), Mayulu (Ndjantu, 64)

Ogohlantirishlar: Kamara, 12. Diatta, 88. Teze, 90 - Vitinya, 33

Chetlatish: Kerer, 80

Manba: www.stadion.uz.