Frantsiya chempionatining 15-turida "Lill" o'z maydonida "Marsel"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona gol muallifi "Real" forvardi Kilian Mbappening ukasi Etan Mbappe bo'ldi. U 10-daqiqada Nabil Bentalebning uzatmasini golga aylantirdi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar forvardi Hamza Igaman jarohat olib, o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga JCh-2018 chempioni Olive Jiru maydonga tushdi.

"Marsel" 29 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Xuddi shuncha ball to'plagan "Lill" qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha oq-havorangdan bir pog'ona pastda joylashadi. Jamoa barcha turnirlarda ketma-ket to'rtinchi g'alabani qo'lga kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.