Liga 1 mavsum ramziy jamoasi e'lon qilindi: "PSJ"ning mutlaq ustunligi

Frantsiya Liga 1 musobaqasining yakunlangan mavsumi bo'yicha yilning ramziy terma jamoasi e'lon qilindi. To'liq tarkibdan "PSJ"ning besh nafar futbolchisi o'rin oldi.
Mavsum ramziy terma jamoasi bilan tanishing: Risser; Hakimiy, Sarr, Pacho, Mendesh; Tolisso, Vitinya, Sangare; Toven, Dembele, Grinvud.
Chempion jamoa — "PSJ"dan Ashraf Hakimiy, Villian Pacho, Nunu Mendesh, Vitinya va Usmon Dembele ramziy tarkibga kiritildi.
Shuningdek, ramziy o'n birlikdan "Lans"ning to'rt nafar a'zosi, "Lion"dan Tolisso va "Marsel"dan Meyson Grinvud joy oldi.
Kommentariyalar