Frantsiya chempionatining 3-turida "Lion" o'z maydonida "Marsel"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona golni mehmonlar himoyachisi Leonardo Balerdi 88-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

"Oq-ko'klar" 29-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib o'ynadi. Jamoadan to'g'ridan-to'g'ri Si Jey Igan-Rayli qizil kartochka oldi.

"Lion" 9 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi, "Marsel" (3) esa 10-o'rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.