«Lans» safarda Frantsiya Liga 1 musobaqasining 32-turi doirasida «Nitstsa» bilan durang o'ynadi — 1:1.

60-daqiqada «Lans» vingeri Allan Sen-Maksimen hisobni ochdi. 81-daqiqada Saud Abdulhamid maydondan chetlatilgach, mehmonlar kamchilik bo'lib qolishdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, maydon egalari Ali Abdining goli evaziga muvozanatni tiklashdi.

Chempionat yakunlanishiga uch tur qolganda «Lans» (64 ochko) Liga 1 jadvalida ikkinchi o'rinda qolmoqda va peshqadam «PSJ»dan 6 ochko ortda qolmoqda.

«Nitstsa» esa 31 ochko bilan turnir jadvalida 15-pog'onani egallab turibdi.

Manba: www.stadion.uz.