"Lans" safarda Frantsiya chempionatining 14-turida "Anje"ni mag'lub etdi - 2:1.

Mehmonlar safida Florian Toven 45 va 74-daqiqalarda dubl qayd etdi. Mezbonlarning yagona goliga 76-daqiqada Aruna Jibirin mualliflik qildi.

"Lans" qatorasiga to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritib, 31 ochko bilan Liga 1 peshqadamiga aylandi. "Anje" 16 ochko bilan 12-pog'onadan joy olgan.

Keyingi o'yinni "Lans" 6 dekabr kuni "Nant"ga qarshi o'tkazadi, "Anje" 7 dekabr kuni "Nitstsa" bilan o'ynaydi.

Liga 1. 14-tur

30 noyabr, 21:15

Anje - Lans - 1:2

Gollar: Toven, 45 (0:1). Toven, 74 (0:2). Jibirin, 76 (1:2)

Anje: Zinga, Kamara, Lefor, Ekomi (Kurkul, 71), Arkus (Djibirin, 65), Abdelli (Rao-Lisoa, 58), Belkebla, Muton (Peter, 64), Sbai, Belxdim (Anin, 71), Sherif

Lans: Risser, Baydu, Sarr, Ganyu, Sangare, Tomasson, Yudol (Machado, 90), Agilar (Abdulxamid, 78), Toven, Said (Sotoka, 70), Eduar (Sima, 78)

Ogohlantirishlar: Belkebla, 89 - Agilar, 48

Hakam: Paradis (Frantsiya)

Manba: www.stadion.uz.