Liga 1 da navbatdagi iste'fo yuz berdi

«Parij» klubi bosh murabbiy Stefan Jiyi bilan hamkorlik to'xtatilganini e'lon qildi.
51 yoshli mutaxassis jamoani 2023 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida klub yuqori divizion — Liga 1 ga yo'llanma olishga muvaffaq bo'lgandi.
Bu Jiyi uchun bosh murabbiy sifatidagi ilk tajriba edi. Avvalroq u Marokash terma jamoasi, «Parij», Bosniya va Gertsegovina terma jamoalarida, shuningdek, Frantsiyaning «Sosho» va «Grenobl» klublarida yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Frantsiya chempionatining 23-turidan so'ng «Parij» 23 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.