Liga 1 da narxi eng ko'p pasaygan futbolchilar kimlar?

Yozning birinchi kunida «Transfermarkt» portali Frantsiya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning taxminiy narxlarini yangiladi. Avvalroq Xvicha Kvaratsxeliya narxi eng ko'p oshgan futbolchilar reytingini boshqarganini xabar qilgandik (uning narxi 50 million evroga oshdi va 140 millionga etdi).
Liga 1 da narxi eng ko'p tushgan futbolchilar reytingini esa «PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis boshqardi. Uning narxi 10 million evroga pasayib, hozirda 30 million evroni tashkil etmoqda.
Frantsiya chempionatida narxi eng ko'p tushgan futbolchilar reytingida ikkinchi o'rinni bir yo'la olti nafar futbolchi bo'lishib oldi. Ular orasida «PSJ» vakillari ham bor: Ilya Zabarniy (yangi narxi – 40 million evro), Gonsalu Ramush (30 million evro) va Lyuka Shevale (25 million evro).