"Lids" darvozaboni Illan Melega Italiyaning ikki grandi qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Tuttosport nashri.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli frantsiyalik darvozabon "Milan" va "Inter"da tarkibni kuchaytiruvchilar ro'yxatidan joy olgan. Har ikki klub qishki transfer oynasida darvozabon uchun kurash olib borishi mumkin.

Mele 2020 yildan buyon "Lids" darvozasini qo'riqlab kelmoqda. U inglizlar safida 214ta o'yin o'tkazib, 283ta gol o'tkazib yuborgan. U 72 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt futbolchini 14 million evroga baholamoqda.