"Lids" muxlislari ro'zador futbolchilar uchun berilgan pauza vaqtida hushtabozlik qilishdi

"Lids" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi o'yin vaqtincha to'xtatildi.
Ushbu tanaffus Ramazon oyida ro'za tutayotgan futbolchilar iftorlik qilib olishlari uchun tashkil etildi.
Biroq "Lids" muxlislari ushbu pauza vaqtida hushtabozlik qilib, o'z noroziliklarini namoyish etishdi.

