«Chelsi»ning so'nggi paytlardagi natijalari ko'ngildagidek emas. «Ko'klar» fevral oyi boshidan buyon Premer-liganing oltita o'yinida bor-yo'g'i ikkita g'alabaga erishdilar, shuningdek, Chempionlar ligasining 1/8 finalida «PSJ»ga ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:8 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdilar.

Jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, yaqqol pasayishga qaramay, «Chelsi» rahbariyati murabbiy Liam Rosenorga to'liq ishonch bildirmoqda. Hozirgi vaqtda 41 yoshli mutaxassisning lavozimiga hech narsa xavf solayotgani yo'q — klub uning g'oyalarini amalga oshirishi uchun vaqt berishga tayyor.

Liam Rosenor «Chelsi» boshqaruvini yanvar oyida Entso Mareskaning o'rniga egallagan edi. Ingliz mutaxassisining shartnomasi 2032 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.