Frantsiyaning «PSJ» klubi 19 yoshli vinger Yan Diomandening transferi bo'yicha «Leyptsig» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Germaniya klubi Kot-d′Ivuar terma jamoasi a'zosi bo'lgan ushbu futbolchi uchun 100 million evrodan ortiq mablag'ni qo'lga kiritishni istamoqda.

Agar Diomande yana bir mavsumga Germaniyada ijara asosida qoladigan bo'lsa, transfer summasi kamaytirilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, iqtidorli futbolchiga «Liverpul» klubi ham jiddiy da'vogarlik qilmoqda.

Manba: Stadion.uz