Payshanba oqshomida "Tottenxem" Daniel Levining klub boshqaruvidan ketganini e'lon qildi. Levi London klubini qariyb 25 yil boshqargan - u 2001 yilda lavozimni egallagan.

The Times’ga ma'lum bo'lishicha, Levi "Tottenxem" boshqaruvidan ketishi haqida qaror e'lon qilinishidan biroz oldin - o'sha kuni tongda xabar topgan.

Endilikda "Tottenxem"ni bosh direktor lavozimida ishlab kelayotgan Vinay Venkatesham boshqaradi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem"ga ENIC investitsiya kompaniyasi egalik qiladi. U klub aktsiyalarining 86,58 foiziga egalik qiladi.

"Tottenxem" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.