Tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko O'zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliyadan 0:5 hisobida mag'lub bo'lgan o'yiniga baho berdi.

— Portugaliyadan beshta gol o'tkazib yuborish juda ko'p emasmi?
— Ha. Hatto Portugaliya terma jamoasining saviyasini inobatga olganda ham beshta gol — juda ko'p. Portugaliyaliklar O'zbekistonning deyarli har bir xatosini jazoladi, chiziqlar orasidagi bo'shliqlardan unumli foydalandi va hujumlarda muntazam ravishda son jihatidan ustunlikka ega bo'ldi — ikkiga bir yoki uchga ikki vaziyatlar yaratdi. Asosiy muammo hatto hisobning o'zida ham emas, balki raqibning golli imkoniyatlarni juda oson yaratganida. Portugaliyaga O'zbekiston darvozasiga xavf solish uchun maksimal kuch sarflashga hojat qolmadi, — dedi Levchenko.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan, yana Nunu Mendesh va Rafael Leau gol urgan edi. Shuningdek, O'zbekiston darvozaboni Abduvohid Ne'matov o'z darvozasiga ham to'p kiritgandi.

Manba: Stadion.uz