"Levante" ustozi Vinisius haqidagi savolga javob berdi

"Levante" bosh murabbiyi Xulian Kalero "Real"ga qarshi La Liga 6-tur o'yini oldidan "qirollik klubi" tarkibidagi rotatsiyalar haqida fikr bildirdi.
Jamoalar ertaga o'zaro o'yin o'tkazadi.
Vinisius Junior haqida.
"Bu savol menga emas, Xabiga Alonsoga berilgan. Xabi o'z jamoasini boshqaradi, hammasini o'zi nazorat qiladi. U biror ish qilsa, albatta, o'z jamoasi manfaatlarini ko'zlab bajaradi.
Bu unga ko'p foyda keltirishiga ishonchim komil. Futbolchilarning atrofi ma'lum vaziyatlarga ko'nikmagan, lekin u tarkibni rotatsiya qilishni uddalaydi va jamoani boshqarishning bir qator munosib usullaridan foydalanadi va bu ishni juda yaxshi bajaradi.
"Madrid"ning istalgan futbolchisi - buyuk futbolchi, Vinisius ham. Shubhasiz, dunyodagi eng yaxshilaridan biri. Anglashilmovchilik bo'lmasligi uchun boshqa gap aytolmayman", - dedi murabbiy.