"Levante" ustozi "Real"ning yangi mavsumdagi kuchli jihatlarini aytdi

"Levante" bosh murabbiyi Xulian Kalero "Real"ning kuchi haqida gapirdi.
"Bu mavsumda "Real" o'tgan mavsumga qaraganda ancha agressiv pressing va kontrpressing qilmoqda. Hujumlar paytida himoyalanish ham ancha ishonchli bo'ldi - ular raqiblarning qarshi hujumlariga yo'l qo'ymayapti", - deya Kaleroning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
"Real" Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi dastlabki 6 o'yinning barchasida g'alaba qozondi.