Levandovskining o'rniga kim keladi? «Barsa» yulduz hujumchilar ro'yxatini shakllantirmoqda

Mashhur insayder Fabritsio Romano «Barselona» yozgi transfer oynasida qaysi pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirayotgani haqida so'zlab berdi.
Manbaning ta'kidlashicha, Kataloniya grandi rahbariyati yangi hujumchi bilan shartnoma imzolash niyatida. «Ko'k-anorranglilar» bo'lajak mavsumlararo tanaffusda Xans-Diter Flik jamoasini kuchaytira oladigan forvardlar nomzodini faol o'rganmoqda.
Shu yozda Robert Levandovski «Barselona» safini tark etishi mumkin — uning shartnomasi iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi. Ispaniyaning amaldagi chempionlari Xulian Alvares, Xarri Keyn, Dushan Vlaxovich va boshqa ko'plab yulduz hujumchilarga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.