Levandovskining deyarli har ikki zarbasidan biri gol bilan yakunlanmoqda

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumda jarohat sabab ko'p o'yinlarni o'tkazib yuborganiga qaramay gol urish borasida yaxshi statistika ko'rsatmoqda.
37 yoshli polyak yangi mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o'yinda 7 ta gol urgan. Qiziqarlisi, u bu gollarni urish uchun umumiy 13 ta zarba yo'llagan.
Robertning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan.