Levandovskining "Barselona"dagi ehtimoliy o'rinbosarining narxi ma'lum

"Barselona" "Xoffenxaym" hujumchisi Fissnik Aslanini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Biroz avval xabar berilganidek, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlangach kataloniyaliklar safida Robert Levandovski o'rnini egallashi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, hujumchining transferi "ko'k-anorranglilar"ga 30 mln evrodan kamroqqa tushadi. Futbolchining shartnomasida tovon puli belgilangan.
Yozda Robert Levandovski 37 yoshni qarshi oldi. Polyakning "Barselona" bilan mehnat shartnomasi kelasi yili o'z nihoyasiga etadi.
Fissnik Aslani joriy mavsumda Bundesliganing 6 o'yinida 4 ta gol muallifiga aylandi.