Nufuzli italiyalik jurnalist Fabritsio Romano Robert Levandovskining «Milan»da paydo bo'lish ehtimolini yuqori baholamoqda.

So'nggi yillarda «Milan» qisqa muddatli istiqbolda yoshi katta o'yinchilarga tez-tez ishonch bildirmoqda. Bunga Zlatan Ibragimovich va Olive Jiru misollarini keltirish kifoya — ularning ikkalasi ham klubga katta foyda keltirishgan.

Romanoning so'zlariga ko'ra, Levandovskining agenti Pini Zaxavi yaqin vaqt ichida Italiyaga safar qilishni rejalashtirgan. Bu katta ehtimol bilan u o'z mijozining yaqin kelajagini belgilash uchun uchib kelayotganini anglatadi.