"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi OAVda tarqalgan, futbolchi faoliyatini yakunlamoqchi ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Levandovski faoliyatini yakunlashni ko'rib chiqayotgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

U hali ham yuqori darajadagi hujumchi va jismoniy jihatdan yaxshi holatda. Hozircha "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish yoki kelajagiga oid hech qanday qaror qabul qilinmagan,” — dedi agent.

Manbalarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hozircha 37 yoshli forvardning shartnomasi bo'yicha muzokaralarni boshlamagan, ammo futbolchi o'zini jamoaning muhim qismi deb his qilmoqda va faoliyatni yakunlash haqida o'ylayotgani yo'q.