Polshalik hujumchi Robert Levandovski Lionel Messining tarixiy rekordini takrorladi. Bir kun avval "Barselona" forvardi Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen" darvozasini ishg'ol qilgandi. Kataloniyaliklar raqibni 4:1 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, "Kopengagen" Levandovski asosiy evrokubok doirasida gol urgan 40-klubga aylandi. Bungacha 40 xil raqib darvozasiga faqat bir futbolchi - Lionel Messiga gol urishga muvaffaq bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi doirasida 38 ta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.