«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoaning yaqinda Chempionlar ligasidan chiqib ketgani haqida fikr bildirdi. Madridda «Atletiko» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alaba «ko'k-anorranglilar»ga yarim finalga yo'l olish uchun etarli bo'lmadi.

Birinchi uchrashuvda Xans-Diter Flik shogirdlari o'z maydonlarida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

«Futbolda doim nimadir etishmay qoladi. Salohiyatimiz borligi aniq. Jamoada g'alaba qozonishni istaydigan ambitsiyali futbolchilar ko'p. Ba'zan raqibdan ustun bo'lsang ham mag'lub bo'lasan. Futbol har doim ham adolatli emas. Bu og'riqli. Biz g'alaba qozonishni, yarim finalga chiqishni istagandik. Ammo shunaqasi ham bo'lib turadi», — deya 37 yoshli hujumchining so'zlarini keltiradi Barca Universal.