"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski qishda kataloniyaliklar safini tark etmaydi.

Sky Sports xabariga ko'ra, 37 yoshli polyak "Fenerbaxche"ning taklifini rad etgan. U "Barselona"ning yakuniy qarorini kutadi.

Levandovskining amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 10 million evroga baholamoqda.