Levandovski "Barselona"da qolishga qaror qildi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kelasi yilning yozida klubni tark etishni istamayapti.
Polshalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Jurnalist Xose Alvaresning ma'lum qilishicha, 37 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashga qaror qilgan. Yulduzli faxriy qolishga qat'iy qaror qilgan va maoshini qisqartirishga tayyor.
Robert Levandovski joriy mavsum Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2026 yilning avgustida "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq forvardi 38 yoshga to'ladi.