Levandovski «Al-Hilol» bilan transfer borasida hali kelishuvga erishgani yo'q

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski hozircha Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan transfer shartlarini kelishib olgani yo'q, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Avvalroq, 37 yoshli futbolchiga Saudiya klubidan rasmiy taklif tushgani va u ushbu taklifni qabul qilishga moyilligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Xabarlarga ko'ra, polyak hujumchisiga yiliga 90 mln evro maosh taklif qilingan.
Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, Robertda Saudiya Arabistonidan tashqari, MLS (xususan, «Chikago Fayr») va boshqa mamlakatlardan ham bir qancha takliflar bor, biroq u hali ham o'z kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.