"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kelayotgan yilda nimalarga erishmoqchiligi haqida gapirdi.

Joriy mavsum 37 yoshli futbolchi uchun katta ehtimol bilan "Barselona"dagi so'nggisi bo'ladi - uning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.

"Men barchasini - La Ligani, Chempionlar Ligasini yutishni istayman. Shuningdek, umid qilamanki, Polsha terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqa olamiz," - deya Levandovskining so'zlarini keltiradi Managing Barca.

Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya chempionatining 18-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.