“Lester” markaziy himoyachisi Angliyaga yo'l olishi mumkin

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Angliyaning “Lester” klubiga markaziy himoyachi Vaut Fas uchun taklif bilan chiqdi.
Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi. 27 yoshli Vaut Fas "Anderlext" tarbiyalanuvchisidir.
U 3 yil oldin "Lester"ga kelib qo'shilgan va klub safida 122 ta o'yin o'tkazgan. Transfermarkt portali bu futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.