Leonardo: "Qiyin bo'ldi, lekin buni sinab ko'rish kerak edi"

"PSJ"ning sobiq sport direktori Leonardo klubda Neymar, Lionel Messi va Kilian Mbappe birga o'ynagan davr haqida gapirdi.
"Neymar va Mbappe kelganida men u erda yo'q edim. Dastlabki kelishuvlar bor, ular juda muhim.
Balki bir vaqtning o'zida Neymar va Mbappe bilan qiyin bo'lgandir. Ammo o'sha paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Frantsiya terma jamoasining 18 yoshli futbolchisiga ega bo'lgan holda, buni sinab ko'rish kerak edi", - dedi Leonardo.