Lempard Rosenorning iste'fosiga izoh berdi

Angliyalik jurnalistlar Liam Rosenorning yaqindagi iste'fosi fonida Frenk Lempardga «Chelsi» haqida savol bermay iloji yo'q edi. Lempard sodir bo'lgan voqeaga izoh berishni noo'rin deb hisoblashini aytdi.
«Bu borada biror-bir fikr bildirishni hurmatsizlik deb bilaman. Bu tahlilchilar va sport sharhlovchilarining ishi», — deya Frenk Lempardning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Lempard 2019 yildan 2021 yilgacha London klubini boshqargan. O'tmishda u ushbu klub sardori bo'lgan va deyarli butun faoliyatini shu jamoada o'tkazgan. Frenk futbolchilik faoliyatini 2016 yilda Shimoliy Amerikada yakunlagan edi.