O'tmishda Frantsiya terma jamoasida to'p tepgan mashhur futbolchi Frank Lebyof ikki hamyurti - "Real" hujumchisi Kilian Mbappe va "qaymoqranglilar"ning sobiq futbolchisi Zinedin Zidanni taqqosladi.

Mutaxassisning fikricha, Zidanning darajasi shu qadar yuqoriki, Mbappe unga eta olmaydi.

"Yo'q, albatta, taqqoslab bo'lmaydi. U hech qachon Zidanga etib ololmaydi va ehtimol, hech kim unga etib ololmaydi", - deya Lebyofning so'zlarini keltiradi Goal.

Zinedin Zidan 2006 yilda faoliyatini yakunlagan. Frantsiyalik futbolchi "Real"dan tashqari "Yuventus" va "Bordo" klublarida to'p tepgan. U ikki karra Italiya va Ispaniya chempioni bo'lgan. Terma jamoa tarkibida Zidan 1998 yilda jahon chempionatida g'olib chiqdi.